РусскийKirish
Idari · 1-dars bepul

Influencer administrator kasbini noldan o‘rganing

Abror Eshonovning mualliflik kursi — O‘zbekistondagi influencer administratorlarining yopiq hamjamiyatiga birinchi qadam

14dars
390 000so‘m
QRsertifikat

🧭 Admin bo‘la olasizmi? Bepul test — 5 daqiqa
Saytda o‘qish →

Kurs kimlar uchun

✓

Ijtimoiy tarmoqlarni yaxshi ko‘radigan, lekin kasbni qayerdan boshlashni bilmaydiganlar

✓

Blogerga yordam berayotgan va ishini tizimga solmoqchi bo‘lgan assistentlar

✓

Masofadan ishlab, barqaror daromad topmoqchi bo‘lganlar

✓

SMM, prodyuserlik yoki marketingdan yangi rolga o‘tmoqchi bo‘lganlar

Nimalarga ega bo‘lasiz

✓

14 ta video dars (≈1 soat 45 daqiqa) + PDF materiallar

✓

Har bir darsdan keyin amaliy topshiriq va test

✓

Shablonlar, check-listlar va ish hujjatlari

✓

Ismingiz yozilgan, QR-kod bilan tekshiriladigan sertifikat

✓

Bitiruvchilarning yopiq hamjamiyatiga taklif

✓

Saytda va Telegram’da o‘qish — progress bitta

14 dars

Kurs dasturi

1Kasb asoslari
  1. 1.Influencer administrator kim va bu kasb nimasi bilan muhim?Bepul
  2. 2.Administrator, assistent va menejer o‘rtasidagi farq
  3. 3.Influencer turlari va ular bilan ishlash farqi
  4. 4.Administrator nimaga javobgar?
2Kontent ishlab chiqarish
  1. 5.Kontent nima va administrator uni qanday boshqaradi?
  2. 6.Kontent-reja: tuzish va boshqarish asoslari
  3. 7.Suratga olishni tashkil qilish va boshqarish
  4. 8.Montaj jarayonini boshqarish va deadline nazorati
3Muloqot va tizim
  1. 9.Professional muloqot va vazifalarni to‘g‘ri yetkazish
  2. 10.Influencer ishida tizim yaratish asoslari
  3. 11.Notion’da administrator ish tizimini yaratish
  4. 12.Telegram’da ish jarayonini boshqarish
  5. 13.Professional media-kit yaratish va brendga taqdim etish
4Moliya va soliqlar
  1. 14.Buxgalteriya va soliqlar: administrator nimani bilishi kerak? (2026)

O‘qish qanday o‘tadi

Bepul boshlang

1-dars hammaga ochiq, kirish Telegram orqali bir tugma bilan

Video → amaliy topshiriq → test

10 savoldan 8 tasiga to‘g‘ri javob bersangiz, keyingi dars ochiladi

O‘z tempingizda

istalgan vaqtda, telefon yoki kompyuterda

Sertifikat

yakuniy test va bitiruvchi anketasidan so‘ng QR-kodli PDF botga va kabinetga keladi

Sertifikat namunasi

Kurs oxirida — sertifikat

Ismingiz yozilgan PDF sertifikat. QR-kodni skaner qilgan har kim uning haqiqiyligini idari.uz saytida tekshira oladi — rezyume va portfolio uchun.

Sertifikat namunasi
Kurs narxi
390 000 so‘m
bir martalik to‘lov
  • 14 ta video dars, PDF materiallar va testlar
  • Ish shablonlari va check-listlar
  • QR-kodli sertifikat
  • Bitiruvchilar hamjamiyatiga taklif
Kursga yozilish

Qanday to‘lanadi

  1. «Kursga yozilish» tugmasini bosing — bot ariza qabul qiladi
  2. Bot yuborgan karta raqamiga kurs narxini o‘tkazing
  3. To‘lov chekini (skrinshot yoki PDF) botga yuboring
  4. Tekshiruvdan so‘ng kurs ochiladi — odatda 2 soat ichida

Ko‘p so‘raladigan savollar

Tajriba kerakmi?

Yo‘q. Kurs noldan boshlanadi: kasb asoslaridan amaliy ish vositalarigacha.

Kursni qayerda o‘tish mumkin?

Saytda (telefon yoki kompyuter brauzerida) va Telegram ichida. Hisob bitta — progress ikkala joyda saqlanadi.

Darslar qancha vaqt oladi?

Darslar qisqa, o‘z tempingizda o‘qiysiz: kuniga bitta dars yoki dam olish kunlarida bir nechta — o‘zingiz tanlaysiz.

Qanday to‘layman?

«Kursga yozilish» → bot karta rekvizitlarini yuboradi → o‘tkazma chekini botga yuborasiz → tekshiruvdan so‘ng kurs ochiladi (odatda 2 soat ichida, tunda — ertalab soat 10:00 gacha).

Testdan o‘tolmasam-chi?

Xato savollar mavzusini qayta ko‘rib chiqing — testni 1 soatdan keyin qayta topshirish mumkin. Hisobga eng yaxshi natija olinadi.

Sertifikat qanday beriladi?

14 ta darsdan, yakuniy test va bitiruvchi anketasidan so‘ng bot ism-familiyangizni lotin harflarida so‘raydi va QR-kodli PDF sertifikat yuboradi.

Pulni qaytarish mumkinmi?

Ha — «Ommaviy oferta»da ko‘rsatilgan muddat va shartlarda.

Kursdan keyin nima bo‘ladi?

Bitiruvchilar influencer administratorlarining yopiq hamjamiyatiga taklif olinadi: tajriba almashish va yangi imkoniyatlar.

Birinchi darsni hoziroq boshlang

Bepul. Ro‘yxatdan o‘tish — Telegram orqali 10 soniyada.

Bepul boshlash